7 sinf fizika chorak testlar (1 nazorat ishi)
1. Mexanik harakat deb qanday harakga aytiladi?
A) Jismlarning harakatiga
B) Jismlarning boshlang`ich va oxirgi vaziyatini tutashtirivchi to`g`ri chiziqqa
C) Vaqt o`tishi bilan jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o`zgarishiga D) Jismning harakatiga qaysi jismga nisbatan qaralayotgan bo`lsa.
2. Agar har qanday jism istalgan bir xil vaqt oraliqlarida bil xil yo`lni bosib o`tsa u holatda uning harakati …….deyiladi.
A) …notekis harakat B) …tekis harakat
C) …aylana harakat D) …ilgarilanma harakat
3. 10 m/s tezlik bilan to`g`ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jism 20 s da qancha masofani bosib o`tadi?
A) 20 m B) 60 m C) 100m D) 200
4. Fazoning asosiy xossalarini ko`rsating
A) Fazo cheksiz va chegarasiz
B) Materya bilan ajralmas
C) Fazoning chegarasi yo’q, 3 o’lchamli, barcha nuqtalarda va barcha yo’nalishlarda teng kuchli
D) Fazo Materya bilan bog`langan.
5. Traktor binchi 5min da 600m yo`lni o`tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5soatda qancha yo`l bosib o`tadi?
A) 1800m B) 3600m C) 600m D) 300m
6. Yer quyosh atrofida aylanayotganda moddiy nuqta bo`ladimi?
A) Quyoshga nisbattan moddiy nuqta bo`ladi B) Moddiy nuqta bo`lmaydi C) Moddiy nuqta bo`lishi ham, bo`lmasli ham mumkin
D) Yer quyosh atrofida aylanayotganda bosib o`tgan masofasiga nisbatan juda kichik bo’lganligi uchun moddiy nuqta bo`ladi
7. Jismning boshlang`ich va oxirgi vaziyatni tutashtiruvchi yo’nalishli to`g`ri chiziq kesmasi …… deyiladi
A) … Yo`l B) …traektoriya C) … Ko`chish D) …tezlik
8. Kuzatilayotgan harakatda o`lchamlari va shaklini hisobga olmasa ham bo`ladigan darajadagi kichik jism ……….. deyiladi?
A) …….moddiy nuqta B) ……trayektoriya
C) ……ilgarilanma harakat D) ……tezlanish
9. Sanoq sistemasi - bu.......
A) sanoq sistemasi va unga biriktirilgan kordinatalar sistemasi
B) sanoq jism,unga biriktirilgan kordinatalar sistemasi va vaqt o’lchovchi asbob
C) kordinatalar sistemasi va vaqt o’lchovchi asbob
D) sanoq jism va vaqt o’lchovchi asbob
10. Skalyar kattalik - bu...
A) Faqat yo`nalishi bilan aniqlanadigan kattaliklar.
B) Yo`nalishi hisobga olinmaydigan
C) Birlikka ega bo`lmagan kattaliklar .
D) Faqat son qiymati bilan aniqlanadigan.
11. Vektor kattaliklar – bu:
A) Faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar;
B) Faqat yo`nalishi bilan aniqlanadigan kattaliklar;
C) Son qiymatlari hisobga olinmasa ham bo`ladigan kattaliklar;
D) Son qiymatlari va yo`nalishlari bilan aniqlanadigan
12. Qanday suyuqlik qattiq holatga o`tganda boshqacha nom oladi?
A) Sut; B) Suv; C) Yog`; D) Spirt;
13. Quyidagi moddalardan qaysi birining molekulasi uchta atomdan tashkil topgan?
1. Suv , 2. Kislorod , 3. Vodorod, 4. Karbonad angidrid.
A) 1; B) 2; C) 3; D) 1 va 4;
14. Sovuq suvning molekulasi issiq suvning molekulasidan nimasi bilan farq qiladi.
A) massasi bilan. B) shakli bilan. C) o`lchami bilan. D) tezligi bilan.
15. To`g`ri chiziqli tekis harakat uchun quyidagi formuladan qaysi biri noto`g’ri.
A) υ=S/t B) t=S/υ C) S=υt D) υ=υ0+at
16. Avtomobil tekis harakat qilib 1 minutda 900m yo`lni bosib o`tdi. U qanday tezlik bilan harakat qilgan.
A) 36 km/soat B) 40 km/soat C) 45 km/soat D) 54 km/soat
17. Qaysi javobda fizik kattaliklarning xalqaro birliklar sistemasidagi birligi noto`g`ri keltirilgan?
A) [υ]=m/s; B) [t]=s; C) [S]=mm D) [a]=m/s2
18. Bola to‘pni 1,5 m balandlikdan yerga tashladi. To’p yerga urilib, 0,5 m balandlikka chiqqanida bola uni ilib oldi. To'pning yo’li va ko'chishini toping.
A) 2; 3 B) 1; 1,5 C) 2; 1 D) 1,5; 2
19. 36 km/soat necha m/s ga teng?
A) 10 m/s B) 20 m/s C) 36 m/s D) 3,6 m/s
20. Metro eskolatorining uzunligi 18m. Eskolator Sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskolatorning tezligini toping.
A) 1,5 m/s B) 2 m/s C) 6 m/s D) 3 m/s
21. Barcha jismlarning harakati …….. , ularning tinch turishi ham ………
A) ko’chish B) nisbiydir C) yo’l D) tezlik
22. Qaysi javobda to`g`ri chiziqli harakat uchun tezlik formulasi to`g’ri keltirilgan.
A) υ=S/t B) t=S/υ C) S=υt D) υ=υ0+at
23. Kuzatilayotgan jismning harakati yoki tinchligi qaysi jismga nisbatan o’rganilayotgan bo’lsa, o’sha jism ……….deb ataladi.
A) ko’chish B) nisbiydir C) sanoq jism D) tezlik
24. “Kinematika” so’zi yunoncha kinematos so’zidan olingan bo’lib …… demakdir.
A) harakat B) nisbiydir C) sanoq jism D) tezlik
25. “Mexanika” so’zi yunonchada nima degan manoni bildiradi?
A) Mashina turi B) Mashina haqidagi ta’limot C) Mashina qismi D) Harakat
Комментарии
Отправить комментарий