Metodlar to'plami

“Charxpalak” texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talaba(yoki o`quvchi)larni o`tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to`g`ri javob berishga va o`z-o`zini baholashga o`rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o`qituvchi tomonidan barcha talaba(yoki o`quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: talaba(yoki o`quvchi) larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko`p fikrlardan keraklisini tanlab olishga Texnologiyaning qo`llanilishi: texnologiya o`quv mashg`ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o`quv predmetining biron bir bo`limi tugallanganda, o`tilgan mavzularni talab(yoki o`quvchi) lar tomonidan o`zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish uchun mo`ljallangan.Ushbu texnologiyani mashg`ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam(yoki Izoh: reja bo`yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo`ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar Mashg`ulotni o`tkazish tartibi: talaba(yoki o`quvchi) larni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish; talaba (yoki o`quvchi) mashg`ulotni o`tkazishga qo`yilgan talablar va qoidalar bilan tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish; guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi har bir guruh a’zosi o`zi ishlagan tarqatma materialining o`ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o`zining biron-bir belgisini chizib qo`yadi; vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” yo`nalishida almashtiriladi; yangi guruh a’zolari tomonidan o`rganilgan va o`zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo`nalish bo`yicha guruhlararo almashtiriladi(ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi); materiallarni oxirgi almashishdan so`ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o`zlari ilk bor to`ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o`zlari qo`ygan belgilari asosida)tanlab har bir guruh a’zosining o`zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar; o`qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o`qiydi va jamoa bilan birgalikda to`g`ri javoblarni belgilaydi; har bir talaba(yoki o`quvchi) to`g`ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to`playdilar va o`z-o`zini baholaydilar.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

7 sinf fizika chorak testlar (1 nazorat ishi)